01:44 / 07.08.2015
2706

Apple’ning narxi ikki hafta ichida 90 mlrd dollarga kamayib ketdi

2015 yilning 3-moliyaviy choragi bo‘yicha hisobot natijalari ta'sirida Apple aksiyalari 14 foizga kamayib ketdi, kompaniyaning narxi esa 2015 yilning 20 iyulidan 5 avgustigacha qisqa vaqt davomida 90 mlrd dollarga kamayib ketdi.

Korporatsiya o‘zining maksimal qiymati – 765 mlrd dollarga 2015 yilning fevralida erishgan edi. Hozirda uning bozor narxi 656 mlrd dollardan sal ko‘proqni tashkil qilmoqda. Ayni paytda bozorda korporatsiyaning donasi 115 dollar turadigan 5,77 aksiyasi aylanadi.

Apple aksiyasi narxining pasayishi kompaniyaning bittagina mahsulot – iPhone smartfoniga haddan tashqari bog‘liqligi bilan bog‘lanmoqda. Ushbu smartfonning tez rivojlanayotgan Xitoy bozoridagi savdolari hajmi Xiaomi va Huawei kompaniyalari smartfonlaridan keyingi 3-o‘rinni egallamoqda.  

Top