10:42 / 07.08.2015
4222

Donetsk aholisi Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilarining faoliyatiga qarshi namoyish o‘tkazdilar

Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilari Donetskda tashkilotning faoliyatiga norozilik bildirayotgan namoyishchilar bilan suhbatlashdi. YeXHT Donetsk aeroporti yonida bir hafta ichida 500 ga yaqin portlashni qayd qildi. Donetskning yuzlab aholisi norozilik namoyishlarida YeXHT vakillaridan Ukraina sharqidagi vaziyatni xolis yoritishni talab qilmoqda. Namoyishchilar kuzatuvchilar yashaydigan mehmonxona oldida to‘qnashuvlar oqibatida halok bo‘lgan Donbass aholisining qonini ifodalovchi qizil bo‘yoqni to‘kib chiqishdi.

Bo‘yoqlar avtomobillarda olib kelinib, Park Inn mehmonxonasi yonida to‘kib chiqildi. Namoyish ishtirokchilari qo‘llarida “Siz deb odamlar halok bo‘lmoqda!” va “Ko‘zni kattaroq ochish payti keldi” deyilgan plakatlar ushlab olgandilar.
Namoyishchilarning fikricha, YeXHT kuzatuvchilari o‘z hisobotlarida Donbassdagi vaziyatni noxolis yoritmoqda.

Namoyish ishtirokchilari yoniga YeXHT vakili chiqib, namoyishchilarning ayblovlariga javob berishga urindi.
“Biz vaziyatni kuzatib, axborot to‘plab, hisobot beramiz. Bu biz qila oladigan barcha narsa. Biz buni siz va butun jahon uchun qilmoqdamiz va kelgusida ham qilamiz”, deb aytdi vakil.

Donbassda davlat to‘ntarishidan norozi bo‘lgan aholiga qarshi kuchishlatar operatsiya bir yildan ko‘proqdan beri davom etib kelmoqda.

Top