Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:11 / 07.08.2015
1489
1 daqiqa o‘qiladi
IAG Airbus’dan 5.2 mlrd dollarga 31 samolyot sotib oladi
Yevropaning International Airlines Group (IAG) korporatsiyasi Airbus kompaniyasiga 31ta samolyotga buyurtma berdi. Shartnoma qiymati 5.2 mlrd dollarga baholanmoqda. Bu haqda xoldingning matbuot xabarnomasida aytildi.
Shartnomaga ko‘ra, 2016-2021 yillarda IAG 11ta uzoq magistralli va 20ta yaqin magistralli samolyotga ega bo‘ladi. Ular guruhning butun aviaparkini almashtiradi.
Guruhning Ispaniya bo‘linmasi – Iberia 11ta keng fyuzelyajli uzoq magistralli Airbus samolyotlarini oladi. Ulardan 8tasi A350-900, 3tasi A330-200 rusumidadir.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish