Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnologiya | 11:54 / 07.08.2015
2403
1 daqiqa o‘qiladi
IBM 1 mlrd dollarga tibbiy ma'lumotlarni qayta ishlovchi Merge kompaniyasini sotib oladi
IBM grafik tibbiy ma'lumotlarni qayta ishlash, arxivlash, uzatish va saqlash bilan shug‘ullanadigan Merge Healthcare kompaniyasini sotib oladi. Interfaks agentligining yozishicha, shartnoma qiymati 1 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Merge platformasidan AQShning 7.5 ming tibbiy muassasasi, shuningdek, jahonning eng yirik tibbiyot institutlari va farmatsevtika kompaniyalari foydalanadi.
Platforma IBM’ning Watson Health Cloud tizimiga uyg‘unlashtiriladi, buning natijasida unda ulkan miqdorda tibbiy ma'lumotlar saqlash imkoniyati tug‘iladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish