09:06 / 07.08.2015
2329

Kobulda ro‘y bergan portlash oqibatida jabrlanganlar soni 200 nafarga yaqinlashdi

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida avtomobilga o‘rnatilgan bomba harakatga keltirilishi orqali terakt sodir etildi va bu hodisa oqibatida jabrlanganlar soni 200 nafarga yaqin bo‘ldi. Bu haqda shahar shifoxonasiga asoslangan holda TOLO News telekanali xabar bergan.

Telekanal xabariga ko‘ra, 198 kishi jarohat olgan bo‘lib, ulardan 27 nafari ayollar va bolalardir.

Reyter nashri xabariga ko‘ra, terakt qurbonlari soni 15 nafar bo‘lgan.

Bu terakt Kobulning sharqidagi Shoh-Shohid kvartalida sodir etilgan. Taxminlarga ko‘ra, jangarilar Mudofaa vazirligi binosini portlatishni maqsad qilishgan edi. Kuchli portlash natijasida ko‘chadagi ko‘plab binolar qulab tushgan. Vayronalar ostida yana odamlar qolib ketgan bo‘lishi mumkin.

Top