Texnologiya | 16:37 / 07.08.2015
2605
2 daqiqa o‘qiladi

Lincoln 30 xil regulirovkaga ega o‘rindiqlardan foydalanadi

Lincoln kompaniyasi mijozlarni 30 regulirovkali o‘rindiqlar bilan tanishtirdi. Ular Continental kontsept-karida qo‘llanadi. Kompaniya rasmiylarining ta'kidlashicha, bu texnologiya qulaylik va hashamatning “yangi bosqichi”ni ochib beradi.
Ishlanma oldidan kompaniya muhandislari aviakompaniyalar tomonidan birinchi toifa yo‘lovchilarni tashish uchun qo‘llaniladigan o‘rindiqlar texnologiyasini, shuningdek, xususiy samolyotlar o‘rindiqlarining funksiyalarini o‘rganib chiqishdi.

O‘rindiq oyoq, son, bel, yelka, bo‘yin va bosh uchun 2tadan 6tagacha o‘rnatmaga ega bo‘ladi. Ularga plastik va porolondan yasalgan maxsus tayanch tizimi qo‘llanilgan. Buning hisobiga o‘rindiqlar turli tana tuzilishiga ega insonlar uchun mos shakllarga kiradi.
Shuningdek, o‘rindiq qizitish, sovutish va massaj funksiyalariga ega.

Bunday o‘rindiq 2016 yili chiqariladigan Continental sedanida paydo bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Joriy yilning iyul oyida ushbu modelning norasmiy suratlari chop etildi. Ulardan ma'lum bo‘lishicha, mashina intereri kontsept-kar saloni bilan deyarli bir xil bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish