Texnologiya | 16:23 / 07.08.2015
2093
1 daqiqa o‘qiladi

Mazda Frankfurt avtosaloniga BMW X4ning muqobilini olib keladi

Mazda kompaniyasi Koeru kontseptual krossoverining birinchi tizerini e'lon qildi. Uning seriyali versiyasi BMW X4 va Mercedes-Benz GLC Coupe mashinalariga raqobatchi bo‘lishi aytilmoqda. Mashinaning ommaviy taqdimoti sentabr o‘rtalarida Frankfurt avtosalonida bo‘lib o‘tadi.

Yaponiya kompaniyasi vakillari krossover o‘z segmentidagi barcha standartlardan o‘zib ketishini kutmoqda.
Kontsept dizayni kompaniyaning yangi uslubi – KODO’ni ko‘rsatib beradi.
Taxminga ko‘ra, Koeru’ning tovar versiyasi CX-4 nomini oladi, ammo uning konveyerga qo‘yilishi haqida hozircha hech qanday ma'lumot yo‘q.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish