Jamiyat | 10:39 / 07.08.2015
5335
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada 100 ming rublga qotil yollamoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olindi

Moskvada 100 ming rublga qotil yollashga harakat qilgan 56 yoshli erkak qo‘lga olindi. Tergov qo‘mitasining ma'lumot berishicha, u qo‘shnisidan qutulish uchun shunday yo‘l tutgan.

“Tergov versiyasiga ko‘ra, erkak dala hovli bo‘yicha qo‘shnisi bilan ko‘p bora qarama-qarshilikka borib, natijada uni o‘ldirishga qaror qilgan. Shu maqsadda u huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi qiyofasida ijrochini topgan. U go‘yoki olib borilajak tezkor qidiruv tadbirlari chog‘ida 100 ming rubl evaziga qotillikni sodir etishga rozi bo‘lgan, aslida esa jinoyatchini fosh qilish uchun obraz ijro etgan”, – deyiladi xabarnomada.
Erkak ushbu pullarni soxta “qotil”ga berish chog‘ida qo‘lga olindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish