Texnologiya | 23:19 / 07.08.2015
5089
1 daqiqa o‘qiladi

Olma-otada yo‘ldagi boshqa haydovchilarga antiqa usulda minnatdorchilik bildirgan haydovchi ushlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda 5 avgustda Hyundai Elantra avtomobilining orqa tomonida davlat raqami uchun mo‘ljallangan joyda”Rahmat” so‘zi yozilgan ramkaning paydo bo‘lishi tasvirlangan rolik paydo bo‘ldi. Videoda haydovchi yo‘ldagi boshqa haydovchilarga an'anaviy tarzda, ya'ni avtomobil chiroqlarini o‘chirib-yoqish bilan minnatdorchilik bildirish o‘rniga davlat raqami yozilgan ramka o‘rniga “Rahmat” so‘zi yozilgan ramkaning paydo bo‘lishini ko‘rish mumkin.

Olma-ota ma'muriy politsiya boshlig‘i o‘rinbosari Jandos Murodaliyevning ma'lum qilishicha, politsiya avtomobil egasini aniqladi va uni hibsga oldi. Hibsga olingan haydovchi avtomobildan foydalanish qoidalarini buzganligi va soxta davlat raqamini o‘rnatgani uchun 29 ming tanga miqdorida jarimaga tortildi. Davlat raqamini o‘zgartirish mexanizmi avtomobildan olib tashlandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish