11:51 / 07.08.2015
3831

O‘zbekiston IIVning ekspert-kriminalistik xizmati xodimlari soni 30 foizdan ko‘proqqa oshdi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ekspert-kriminalistik xizmati muassasalari mamlakatda yuz berayotgan jinoiy voqealar va hodisalarning tergov qilinishida bevosita ishtirok etadilar. Ekspert-kriminalistlar oldida tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlarini texnik-kriminalistik ta'minlash bo‘yicha turgan vazifalar o‘z vaqtida va professional darajada hal qilinmoqda.

“O‘zbekiston mustaqilligi ekspert-kriminalistik xizmati uchun ham ichki zaxiralar hisobiga, ham xorijiy hamkasblarning tajribasidan foydalanib, o‘z faoliyatini takomillashtirishga yangi imkoniyatlar ochdi. Tuzilmaviy qayta tashkil etishlar natijasida ekspert xizmatining xodimlar soni 30 foizdan ko‘proqqa oshdi. Shu bilan birga xodimlar shtati tezkor-qidiruv amaliyotining haqiqiy yuklamasi va ehtiyojlariga muvofiq tarzda tartiblashtirildi. Bu holat jinoyatlarni fosh qilishda va profilaktik tadbirlarni o‘tkazishda ekspert-kriminalistik xizmat imkoniyatlaridan faol foydalanish imkonini berdi”, deb aytdi O‘zbekiston IIV ekspert-kriminalistik xizmati rahbari, polkovnik G.Nikishin.

Top