09:35 / 07.08.2015
2025

"PSJ" Di Mariyaning taqdimotini o‘tkazdi

Fransiyaning «Pari Sen-Jyermen» jamoasi "MYu"dan transfer qilingan argentinalik yarim himoyachisi Anxel Di Mariyani o‘z muxlislariga jamoaning yangi futbolchisi sifatida tanishtirish marosimini o‘tkazdi.

"Men bu yerdaligimdan xursandman. "PSJ" ancha vaqtdan buyon meni Parijga olib kelishga harakat qilib kelayotgandi. Endi men shu yerdaman va buyuk jamoada buyuk futbolchilar bilan birgalikda to‘p surishdan mamnunman.
Yoshlik, ishtiyoq jamlangan va YeChLni yutishni maqsad qilgan bu juda yaxshi loyihada ishtirok etish uchun "PSJ"ga o‘tdim", deydi Di Mariya.

Qayd etish joizki, Di Mariya parijliklar jamoasi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. "PSJ" uning uchun "MYu"ga 63 mln yevro to‘lagan.

Top