Jamiyat | 11:35 / 07.08.2015
2567
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada onlayn poker qimor safidan chiqarilishi mumkin

Rossiya bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Igor Shuvalov o‘tkazgan yig‘ilish yakunlariga ko‘ra onlayn pokerni qimor o‘yinlari safidan chiqarish haqida qaror qabul qilindi. Endilikda, Interfaks agentligining yozishicha, idoralardan qimor o‘yinlarini nazorat qilish to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar kiritish masalasini o‘rganib chiqish talab qilinadi.

Shu bilan birga, ushbu qaror yakuniy emasligi hamda yuridik tomondan jiddiy o‘rganib chiqilishi aytilmoqda. Ammo, onlayn pokerga ruxsat berilsa, barcha kompaniyalar shaxsiy ma'lumotlarini Rossiya hududida joylashtirishiga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida lotereya chiptalarini yagona soliq serveriga ulangan maxsus avtomatlar orqali sotish masalasi ko‘rib chiqildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish