Jamiyat | 15:32 / 07.08.2015
2683
2 daqiqa o‘qiladi

Stiven Spilbergning arkadali videoo‘yinlar haqidagi filmi 2017 yil dekabrda katta ekranlarga chiqadi

Taniqli Hollivud rejissyori Stiven Spilbergning Ready Player One (Birinchi o‘yinchi, tayyorlaning) filmi 2017 yil dekabrida katta ekranlar yuzini ko‘radi. Bu haqda Variety nashri yozmoqda.
Bu film Ernest Klaynning shu nomdagi romanining ekranlashtirilgan variantidir. Voqealar virtual reallikda sodir bo‘ladi; qahramonlar 70-80 yillar o‘yin avtomatlaridagi mashhur o‘yinlar bilan bog‘liq bir qancha vazifalarni bajarishi lozim bo‘ladi.
Film The Warner Bros, Village Roadshow va DreamWorks studiyalari tomonidan suratga olinmoqda. Spilberg ayni paytda kartinaning prodyuserlaridan biridir. Stsenariy muallifi – Zak Penn (“Qasoskorlar”, “G‘ayritabiiy Xalk”, “Iks odamlar: So‘nggi jang”).
Joriy yilning oktabrida Spilbergning “Ayg‘oqchi ko‘prigi” filmi taqdim etiladi. Unda U2 ayg‘oqchi samolyoti uchuvchisi Frensis Rauersning Rudolf Abelga almashtirilishi haqida hikoya qilinadi. Kartinada bosh rollarni Tom Xenks va Alan Aldalar gavdalantirishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish