Jahon | 23:56 / 07.08.2015
2296
1 daqiqa o‘qiladi

Terrorchi-xudkush Afg‘onistondagi politsiya akademiyasiga hujum qildi

Afg‘oniston politsiyasi terrorchi-xudkush Kobuldagi politsiya akademiyasiga hujum qilganini ma'lum qilmoqda, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, akademiya talabalari dam olish kunlaridan keyin akademiyaga qaytayotgan paytlari terrorchi portlovchi qurilmani harakatga keltirgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, terrorchi politsiya kiyimida bo‘lgan.

Hozircha jabrlanganlar haqida rasmiy ma'lumot berilmadi, biroq mahalliy telekanal shifokorlarga iqtibos keltirgan holda 8 kishi halok bo‘lganini aytmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish