Jahon | 17:57 / 07.08.2015
1845
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada gaz va neft quvurlarini himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rildi

Turkiyada gaz va neft quvurlarini himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rildi. Bu haqda Hurriyet nashri xabar bermoqda.

“Kurd jangarilarining neft va gaz quvurlariga hujumlarining ko‘payishi munosabati bilan ular atrofida otliq patrullar qo‘yiladi, teplovizorli kameralar o‘rnatiladi”, – deyiladi maqolada.

Ekspertlarning hisob-kitoblariga qaraganda, terrorchilarning yaqinda Shimoliy Iroq neft konlarini Turkiyadagi eksport terminallari bilan bog‘laydigan quvurlarga uyushtirgan hujumi Turkiya iqtisodiyotiga 250 mln dollar zarar keltirgan. Neft trasportirovkasi bir hafta deganda tiklandi.

Turkiyada man qilingan Kurdiston ishchi partiyasi iyul oyida Turkiya harbiylari tomonidan Suriya va Iroqdagi bazalarning o‘qqa tutilishi munosabati bilan sulh shartnomasini bekor qilishi va hujumlarni qaytadan avj oldirishini e'lon qildi. Shundan buyon mamlakat bo‘ylab yuzlab terrorchilik aktlari sodir etildi. Jangarilar deyarli har kuni hujum uyushtirmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish