Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi YTH natijasida jabrlangan rossiyalik sayyohlardan 10 nafari shifoxonadan chiqdi
7 avgust kuni ertalab ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi tufayli jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan rossiyalik sayyohlarning 10 nafari shifoxonadan chiqdi. Hodisa jabrlanuvchilarining qolgan qismi shifokorlar nazorati ostida qolmoqda. Bu haqda Rosturizm matbuot kotibi Irina Shegolkovaga asoslangan holda "Interfaks" nashri xabar bergan.
"Shifoxonadagilardan birining ahvoli jiddiy. Shifokorlar uning sog‘ayib ketishiga umid qilishmoqda", deyiladi xabarda.
Shegolkovaning aytishicha, bu YTH natijasida 3 nafar rossiyalikning halok bo‘lgani rasman tasdiqlangan.
Rossiyaning Anqaradagi elchixonasida ma'lum qilinishicha, shifoxonada yana 8 nafar rossiyalik qolmoqda.