Jahon | 01:56 / 07.08.2015
2157
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina bosh prokuraturasi sobiq bosh vazir Azarovning ekstraditsiya qilinishi bo‘yicha Interpolga hujjatlar topshirdi

Ukraina bosh prokuraturasi mamlakatning sobiq bosh vaziri Nikolay Azarovning ekstraditsiya qilinishi bo‘yicha Interpolga hujjatlar topshirdi, deb xabar bermoqda bosh prokuraturaning maxsus tergovlar boshqarmasi boshlig‘i Sergey Gorbatyukka iqtibos keltirgan holda “Ukrainskaya pravda” nashri.  

“Azarovning ekstraditsiya qilinishi bo‘yicha hujjatlar Yanukovichning ekstraditsiya qilinishi bo‘yicha hujjatlar bilan birga topshirildi. Hozir Azarovga nisbatan maxsus sudgacha tergovni sirtdan amalga oshirish uchun ruxsat berilishi bo‘yicha hujjatlar tayyorlanmoqda”, deb aytdi Gorbatyuk.

Ukraina, shuningdek, Interpolga mamlakatning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichni “Mejigore” qarorgohi i Suxoluche o‘rmon xo‘jaliklari ishlari bo‘yicha qidiruvga berish haqida hujjatlar yubordi.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish