09:03 / 08.08.2015
5935

AQSh OAVlari Rossiya Arktikani o‘zlashtirish uchun snegoxodlar sotib olayotganidan xavotirlanmoqda

AQShlik jurnalistlar Rossiya katta hajmda harbiy texnika sotib olayotgani haqida xabar tarqatmoqda.

Rossiya tomonidan Arktikaning o‘zlashtirilishi AQShda xavotir uyg‘otmoqda. Amerikaliklar Rossiya armiyasi tomonidan katta hajmda xarid qilinayotgan desantlikka moslashtirilgan snegoxodlar Arktika hududini bosib olishga mo‘ljallangan kelgusidagi harbiy harakatlarga zamin yaratadi, degan fikr bildirishmoqda.

“Rossiya Shimoliy qutbni egallash uchun harbiy snegoxodlar bilan qurollanmoqdami?”, deb yozmoqda AQSh OAVlari.

Bunda gap avtomat va granatomyot o‘rnatishga mo‘ljallangan mahkamlagichlar, zirhlangan yoqilg‘i baki, haydovchining sovqotib qolmasligi uchun isitish funksiyasi bilan jihozlangan “Tayga-551” snegoxodlari haqida ketmoqda. Ushbu snegoxod soatiga 100 km/soat tezlik bilan harakatlana oladi.

Maqolalardan birida jurnalist snegoxodlarning tinch paytda qurol-aslaha bilan jihozlanishi Rossiyaning Akrtikadagi joylashuvini oshirishga intilishini bildirishi haqida taxminni ilgari surmoqda.

Jurnalist, shuningdek, Vladimir Putinning armiya, flot va xarbiy-desant qo‘shinlarining mashg‘ulotlarini o‘tkazish haqidagi qarorini ham eslatib o‘tmoqda.

Putinning bunday harakatlariga NATO Rossiya samolyotlarini ushlab olish mashqlarini sayqallash uchun Arktikaga aviatsiyani yuborish bilan javob bergan. Jurnalistning fikricha, bu holat ushbu hudud uchun harbiy harakatlar havoda va dengizda bo‘lib o‘tishini anglatadi.

Top