Sport | 10:47 / 08.08.2015
1624
2 daqiqa o‘qiladi

Arsen Venger: «Arsenal» yangi mavsumda chempionlik uchun kurashadi

"Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger yangi mavsumda Angliya chempionligi uchun kurash borishini ma'lum qildi.

Jamoa o‘tgan mavsumda premer liganing uchinchi o‘rni bilan kifoyalangan.

"Men hozirda APLning yangi mavsumi boshlanishi munosabati bilan jo‘shib turibman. Yangi mavsumda chempionlik uchun kurashga tayyorman.
Birinchi navbatda mavsumni yaxshi boshlab olishimizx kerak. Biz buning mavsumoldi yig‘inlarida yaxshi tayyorlandik va hozirda o‘z kuchimizga ishongan holatdamiz.
O‘tgan mavsum 12 turdan so‘ng peshqadam "Chelsi"dan 15 ochko ortda qolib ketgan edik. Ammo keyingi 26 o‘yinda 58 ochko jamg‘ardik, "Chelsi" esa 55 ochko yig‘a oldi. Demak biz mavsum boshidagi omadsizlik tufayli chempionlikni boy berganmiz. Bu mavsumda esa boshidan chempionlik uchun kurashishni maqsad qilamiz", - deydi Venger goal.com nashriga bergan intervyusida.

Ma'lumot uchun, APLning yangi mavsumiga bugun start beriladi. "Kanonirlar" esa yangi mavsumdagi ilk uchrashuvini ertaga o‘z uyida, Londonning boshqa bir jamoasi "Vest Xem"ga qarshi o‘tkazadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish