Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Chelsi" yangi mavsumni durang bilan boshladi
O‘tgan mavsum chempionlari bo‘lmish "Chelsi" futbolchilari 8 avgust oqshomida Londondagi "Stemford Brij"da o‘tkazilgan "Suonsi" jamoasiga qarshi yangi mavsumning birinchi tur uchrashuvida durang hisob qayd etishdi.
O‘yinda dastlab mezbonlar futbolchisi Oskar hisobni ochdi. 23 daqiqada urilgan bu golga 6 daqiqa o‘tar-o‘tmas uelsliklarning yozgi transferlar vaqtidagi eng omadli xaridi, "Marsel"ning ganalik sobiq futbolchi Andre Ayyu javob qaytardi. 1 daqiqa o‘tmasdan "Suonsi" himoyachisi Fernandes tomonidan urilgan avtogol hisobni 2:1 ko‘rinishiga olib keldi.
O‘yinning eng dramatik voqeasi esa 52 daqiqada ro‘y berdi. "Chelsi" darvozaboni Tibo Kurtua jarima maydonchasi ichida qo‘pollik ishlatdi va hakam uni o‘yindan chetlatib, 11 metrlik jarima zarbasi belgiladi. Uning Oskar o‘rniga maydonga tushgan ikkinchi darvozabon Asmir Begovich esa Gomis yo‘llagan zarbani qaytara olmadi va hisob tenglashdi. Bu hisob o‘yin oxirigacha saqlanib qoldi.
Chelsi – Suonsi 2:2
Gollar: 1:0 – 23 Oskar, 1:1 – 29 Ayyu, 2:1 – 30, avtogol Fernandes, 2:2 – 55, penalti Gomis.
Chelsi – Kurtua, Ivanovich, Terri, Keyxill, Aspilikueta, Matich, Fabregas (Zuma, 76), Oskar (Begovich, 54), Villian (Falkao, 84), Azar, Diyego Kosta.
Suonsi – Fabianski, Uilyams, Fernandes, Teylor, Noton, Sigurdsson, Ki Son Yen (Kork, 41), Ayyu, Shelvi, Montero (Rautledj, 71), Gomis (Eder, 79).
Ogohlantirishlar: Shelvi (18), Kork (45), Terri (54).
Chetlatish: Kurtua (52).