19:45 / 08.08.2015
1550

Grizmann "Atletiko" bilan shartnomasini 2019 yilgacha uzaytirdi

"Atletiko" fransiyalik yosh hujumchisi bilan shartnomasini yangiladi.

L’Equipe nashrida xabar berilishicha, futbolchi bilan 2019 yilgacha davom etadigan yangi shartnoma imzolangan.

Biroz oldinroq, britan OAVlarida ushbu 24 yoshli futbolchining "Chelsi" jamoasiga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Inglizlar uning uchun 50 mln yevro taklif qilishgani aytilgan.

Ma'lumot uchun, Grizmann o‘tgan mavsumda "Atletiko" safida 53 marta o‘yin o‘tkazgan va 25ta gol urib, 3ta golli pas uzatgan.

U Madridga 2014 yilning yozida "Real Sosedad"dan kelib qo‘shilgan va 2018 yilgacha shartnoma imzolagandi.

Top