22:41 / 08.08.2015
3892

Hindistonda bug‘doy olib kirishga 10 foizlik boj to‘lovi o‘rnatildi

Hindiston mamlakatga olib kirilayotgan bug‘doyga 10 foizlik boj to‘lovi o‘rnatdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Bu choralar hind kishloq xo‘jaligi korxonalari manfaatlarini himoya qilish maqsadida qabul qilindi. Bir nechta hind xususiy kompaniyalari bahor oyidagi yog‘ingarchilikdan keyin bug‘doy yetishmasligidan xavfsirab, Avstraliya bilan bug‘doyning qattiq turlaridan 0,5 mln tonna sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolagan edilar.

Hindistonlik bug‘doy yetishtiruvchilar hukumatning bunday qarorini ijobiy qarshiladilar, biroq bu xorijdan yana 500 ming tonna bug‘doy sotib olishga xalaqit qilmadi.

Ushbu chora 2016 yilning 31 martigacha amal qiladi.

Top