Jahon | 10:16 / 08.08.2015
1719
1 daqiqa o‘qiladi

Malidagi mehmonxonada garovga olinganlardan 5 nafari ozod qilindi

7 avgust kuni Mali markazidagi mehmonxonaga noma'lum shaxslar guruhi hujum uyushtirib, bir kishini o‘ldirgani va mehmonxonadagilarni garovga olgani xabar qilingan edi.

Frans Press nashrining ma'lum qilishicha, Bamako shahridagi ushbu mehmonxonada o‘tkazilgan maxsus amaliyot davomida 5 kishi qutqarib olingan. Ularning qaysi davlat fuqarolari ekaniga hozircha aniqlik kiritilmagan.

Manbaning xabariga ko‘ra, mehmonxonada yana bir qancha kishi garovdaligicha qolmoqda. Harbiylar binoni har tarafdan o‘rab olishgani aytilgan. Ma'lum qilinishicha, maxsus amaliyot chog‘ida 7 kishi halok bo‘lgan, jumladan malilik harbiylar ham.

Aniqlik kiritilishicha, jangarilar Mali poytaxtidagi Byblos mehmonxonasiga hujum qilishgan. Bu mehmonxonada BMTning maxsus vakillari ham istiqomat qilishayotgan bo‘lgan. Hujum vaqtida BMT xodimlaridan biri halok bo‘lgani aytilgan.

7 avgust kuni Malining Sevare shahridagi mehmonxonaga ham qurolli hujum uyushtirilgani haqida xabar berilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish