Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marg‘ilonda “Atlas bayrami” festivali o‘tkaziladi
2015 yilning 10-12 sentabr kunlari Marg‘ilon shahrida, shahar xokimligi tashabbusi bilan YuNeSKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, O‘zbekiston Respublikasi YuNeSKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi va Halq ustalari, musavvirlari va xunarmandlari Respublika “Xunarmand” uyushmasi bilan xamkorlikda "Atlas bayrami" festivali o‘tkaziladi.
Festival doirasida YuNeSKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Respublika "Xunarmand" uyushmasi bilan xamkorlikda Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan ipakli mato to‘quvchilar, kashta tikuvchilar, gilam to‘quvchilar, milliy qo‘g‘irchoq yasovchilar, milliy matolarimizdan libos yaratuvchi xunarmandlar o‘rtasida eng yaxshi ekalogik toza maxsulot va an'anaviylikni saqlagan maxsulotlarni aniqlovchi "Sifat belgisi" ko‘rik tanlovi, Marg‘ilon “Markaziy istiroxat bog‘i”da xunarmandlar ko‘rgazmasi, shahardagi kasb-xunar kolleji o‘quvchilari va yosh xunarmandlarga malakali xunarmandlar, Janubiy Koreyadan 6 nafar mutaxassis, YuNeSKOni O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan taklif etilayotgan Bangladeshlik dizayner Bibi Rassel tomonidan "master klass"lar va milliy matolardan yaratilgan liboslar namoyishi o‘tkaziladi.