Jahon | 21:58 / 08.08.2015
1674
1 daqiqa o‘qiladi

Mordoviyada yo‘lovchi poyezdi izdan chiqib ketishi oqibatida 5 kishi jarohat oldi

Mordoviyada Yekaterinburg – Adler yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdining 4ta vagoni izdan chiqib ketishi oqibatida 5 kishi jarohat oldi. Yo‘lovchilardan bir ayol shifoxonaga yetkazildi, 4 yo‘lovchiga esa voqea joyining o‘zida yordam ko‘rsatildi

Favqulotda holat Ruzayev tumanidagi Kuybishev temir yo‘lida yuz berdi. “Rossiya temir yo‘llari” kompaniyasida poyezd vagonlarining izdan chiqib ketishiga begona odamlarning temir yo‘l transporti ishiga aralashuvi sabab bo‘lgan deb hisoblashmoqda.

To‘ntarilib ketgan vagonlar yo‘lovchilari yaqin oradagi stansiyaga yetkazildi, bu yerdan ular o‘z safarlarini boshqa poyezdda davom ettirishlari mumkin bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish