16:34 / 08.08.2015
3004

Obama ta'tilni o‘tkazish uchun oilasi bilan Atlantika okeanidagi orolga yo‘l oldi

AQSh prezidenti Barak Obama o‘z oilasi bilan har yilgi ta'tilini o‘tkazish uchun Atlantika okeanidagi Martas-Vin'yard oroliga jo‘nab ketdi. Bu orol Massachusets shtati qirg‘oqlari yaqinida joylashgan.

ABCNews nashrida yozilishicha, prezident bilan uning rafiqasi Mishel Obama hamda uning qizlari Maliya va Sasha 8 avgustdan 23 avgust kunigacha ta'tilda bo‘lishadi.

Qayd etilshicha, Obama bu orolga oltinchi marta kelmoqda. U bilan orolga milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchi Syuzan Rays hamda Oq uyning bosh maslahatchisi Valeri Jarrett ham uchgan.

Oq uyda ma'lum qilishlaricha, prezident bu muddat davomida hecha qanday marosimda ishtirok etmaydi. Obamalar oilasi kurortdagi umumiy maydoni 4 gektar bo‘lgan 12 million dollarlik villada istiqomat qiladi.

Top