Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek-Yapon markazi o‘z faoliyatini 2020 yilgacha davom ettiradi
Yaponiya xalqaro hamkorlik tashkiloti (JICA) va O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi 7 avgustda “Inson resurlarini rivojlantirish O‘zbek-Yapon markazi negizida ishbilarmon odamlar salohiyatini rivojlantirish va aloqalarni yo‘lga qo‘yish (UJC)” texnik hamkorlik loyihasi bo‘yicha muhokamalar bayonnomasini imzoladilar. Bu haqda “Gazeta.uz” ga JICA’ning Toshkentdagi vakolotxonasi ma'lum qildi.
Hujjatning imzolanishi UJC faoliyatini 2020 yilning 30 noyabrigacha uzaytirilishini anglatadi. Muhokamalar natijasiga ko‘ra, tomonlar O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi JICA bilan hamkorlikdagi loyihaning amalga oshishiga mas'ul tashkilot bo‘lishiga kelishib oldilar.
UJC o‘z faoliyatini 2000 yilning dekabridan beri amalga oshirib keladi va O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes salohiyatini oshirish uchun yapon uslubidagi menejment bo‘yicha turli amaliy kurslar va anjumanlar taqdim qilib keladi.
UJC, shuningdek, yapon tilidan o‘quv kurslarini va hattotlik, ikebana va origami, choy marosimlari va shu kabi madaniy almashuv tadbirlarini o‘tkazish orqali ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga ko‘mak beradi. Bundan tashqari, UJC imkoniyati cheklangan odamlarga kompyuter savodxonligi kursidan saboq beradi.