09:35 / 08.08.2015
15409

"O‘zbekiston islom harakati" "IShID" safiga qo‘shilganini e'lon qildi

"O‘zbekiston islom harakati" nomi ostida Osiyoning janubiy qismida faoliyat olib boradigan jangarilar "IShID" safiga qo‘shilganini rasman e'lon qilgan.

"O‘zbekiston islom harakati" komandiri Usmon G‘oziy "IShID"ga qasamyod qilgan. Bu tashkilotning o‘z mustaqilligini yo‘qotib, "IShID" tarkibiga kirganini anglatadi.

Usmon G‘oziy 31 iyul kuni, "Tolibon" asoschisi Mulla Umarning halokati haqidagi xabarlardan keyin shunday chiqish qilgan.

Bu murojaatda "O‘zbekiston islom harakati" "Tolibon" harakatini ham Iroq va Suriya hududida tashkil etilgan "IShID"ga qo‘shilishga chaqirgan.

Top