Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik yosh dzyudochilar kadetlar o‘rtasida jahon chempionati sovrindorlari bo‘ldilar
O‘zbekiston vakillari Jasur Sodiqov (73 kgcha) va Sherxon To‘raboyev (81 kgcha) Sarayevo shahrida (Bosniya va Gertsogovina) bo‘lib o‘tayotgan kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatining bronza medali sovrindorlari bo‘lishdi.
Chempionatda dunyoning 70 dan ortiq davlatlari vakillari ishtirok etmoqdalar.
6 avgustda yosh dzyudochimiz Diyora Keldiyorova musobaqalarning oltin medalini qo‘lga kiritdi. Bu O‘zbekiston ayol dzyudochilari jahon chempionatida qo‘lga kiritgan birinchi oltin medal bo‘ldi.
Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta medal bilan umumjamoaviy hisobda Yaponiya, Italiya, Gollandiya, Rossiya va Ukrainadan keyingi 6-o‘rinni egallamoqda. 8 avgustda yana ikki yosh o‘zbek dzyudochisi – Oloviddin Jo‘raqulov 90 kgcha vazn toifasida va Shohrux To‘rayev 90 kdan yuqori vazn toifasida tatamiga tushadilar.