Jahon | 15:38 / 08.08.2015
3588
1 daqiqa o‘qiladi

Pinochetning 500 yil muddatga qamalgan yordamchisi turmada vafot etdi

Avgusto Pinochet tuzumi davrida maxfiy politsiya boshlig‘i bo‘lgan general Manuel Kontreras Chilidagi harbiy kasalxonada vafot etdi. Unga 500 yillik qamoq jazosi tayinlangandi. Bu haqda Assosheyted Press nashri xabar bergan.

Kontreras 2014 yilning sentabrida buyragidagi muammo tufayli kasalxonaga olib kelingandi. U 86 yoshida turmada jon berdi.

Xabarda aytilishicha, uning o‘limidan keyin o‘nlab kishilar Chili bayroqlarini ko‘targan holda bu voqeani shampan ichimliklari bilan nishonlashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish