Jamiyat | 07:35 / 08.08.2015
7456
2 daqiqa o‘qiladi

Qarshida qishloqdoshini mashinada qiz bilan ko‘rib qolgan bir guruh bezori undan shantaj yo‘li bilan pul undirishga harakat qildi

Qarshi tumanidagi qishloqlardan birida sodir bo‘lgan voqea “Huquq” gazetasida yoritib berildi.

Bir guruh yoshi katta sinfdoshlar to‘planib, Lacetti mashinasida dalaga ketayotganida u yerda Matiz mashinasi ichida qishloqdoshlari, ulardan ancha yosh Ilhom ismli yigit bir qiz bilan o‘tirganini ko‘rib qolishdi. Erkaklar mashinaga yaqinlashib, bu qizning kimligini so‘rab, yigitga tahdid qila boshlashdi. Yigit mashinada qochib ketdi, ammo bezorilar unga yetib olib, kaltaklashdi. So‘ng ushbu voqea qishloqdagilarning qulog‘iga yetib borib, qiz sharmanda bo‘lmasligi uchun Ilhomdan 200 ming so‘m pul tama qila boshlashdi.

Ilhom ularga 100 ming so‘m berib, telefonini garovga berib ketdi. Ammo uyga qaytgach, yegan kaltak zarbidan sog‘lig‘i yomonlasha boshladi. Shunda u ota-onasiga bo‘lgan voqeani aytib berdi.

Natijada jinoyatchilar sudga tortildi. Rustam Xudoynazarov, Ilhom Quvondiqov, Botir Allanazarovlarning har biriga uzil-kesil o‘tash uchun 5 yil, Behzod Boirovga esa 2.5 yil muxlat belgilandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish