14:01 / 08.08.2015
28602

Sud Rahmatilla Mirzayevning qotillariga jazo hukmini chiqardi

7 avgust kuni O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi diktori Rahmatila Mirzayevning qotillari 21 yoshli Qudrat Shoazizov va Umid Mirzayevga nisbatan sud hukmi e'lon qilindi.

Rahmatilla Mirzayev 2015 yilning 2 mart kunida o‘z uyida o‘ldirib ketilgan edi.

Toshkent shahar sudi ushbu jinoyat ishi bo‘yicha Qudrat Shoazizov va Umid Mirzayevni aybdor deb topdi va ularga nisbatan ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi. Sud hukmiga ko‘ra, Qudrat Shoazizovga 14, diktorning o‘g‘li Umid Mirzayevga 18 yillik qamoq jazosi tayinlandi.

Top