Jahon | 16:47 / 08.08.2015
4587
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyaning BMTdagi doimiy vakili AQShning Xirosimaga yadro bombalari tashlaganini eslatib o‘tdi

Suriyaning BMTdagi doimiy vakili Bashar Jaafariy kimyoviy qurollar qo‘llanishi muammosiga bag‘ishlangan kengash yig‘ilish vaqtida AQSh tomonidan Ikkinchi jahon urushi so‘ngida Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga yadro bombasi tashlangani haqida eslatib o‘tdi. Bu haqda TASS nashri xabar bergan.

"Biz AQSh tomonidan Yaponiyani taslim etish uchun Nagasaki va Xirosima shaharlari ustidan yadroviy bomba tashlanganiga 70 yil to‘lgan kunda turibmiz. O‘sha kun insoniyatga bu qurol qanday dahshatli asoratlarga ega ekanini ko‘rsatgan edi", deydi Jaafariy.

Uning qayd etishicha, rasmiy Damashq 1968 yilda Yadroviy qurol qo‘llamaslik haqidagi kelishuvga qo‘shilgan va bunga amal qilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish