Sport | 17:39 / 08.08.2015
1846
1 daqiqa o‘qiladi

Xaver Pastore: Di Mariyaning kelishi men uchun asosiy tarkibga kirishni qiyinlashtiradi

"PSJ" yarim himoyachisi Xaver Pastore jamoaga Anxel Di Mariya kelgach raqobat oshib ketishi haqida gapirib o‘tdi.

"Men "PSJ"ga kelganimdan buyon ilk marta mavsumni g‘alaba bilan boshlashga muvaffaq bo‘ldik. Biz "Lill"ni safarda mag‘lub etib, (1:0) uch ochko ishlab oldik va shunday davom etishni istaymiz.
Di Mariya kelgach, asosiy tarkibda o‘ynashim qiyin bo‘lsa kerak. Ammo bu jamoa uchun juda yaxshi transfer bo‘ldi. Anxel - fantastik futbolchi va bizga ko‘p foyda keltiradi. Umid qilamanki, u bizga yetishmagan jihatlarni taqdim eta oladi va Chempionlar ligasida chorak finaldan o‘ta olamiz", - deydi Pastore.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish