08:14 / 08.08.2015
2316

Xitoyda tergov ostida bo‘lgan korrupsiyachilarni qiynash taqiqlandi

Xitoy prokuraturasi xodimlari tergov qilinayotgan korrupsiyachilar o‘z jonlariga qasd qilganlari uchun jazolanishadi. Bu haqda The South China Morning Post nashri xabar bermoqda.

Oliy xalq prokuraturasi bayonotida aytilishicha, agar poraxo‘rlikda gumon qilinayotgan shaxs tergovchining “qonunga g‘ilof va mas'uliyatsiz harakatlari oqibatida qochib ketsa, o‘ziga ziyon yetkazsa yoki joniga qasd qilsa”, unda tergovchining o‘zi qonun oldida javob berishiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, prokuratura xodimlariga tergov ostida bo‘lgan kompaniyalar vakillaridan pul olish, majburlash choralarini qo‘llash va tergov davomida qiynoqlar qo‘llash taqiqlanadi.

Shu tariqa Oliy xalq prokuraturasi tergov ostida bo‘lgan poraxo‘rlar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlarini to‘xtatishga va gumon qilinayotganlarning o‘limiga olib keluvchi qiynoqlar qo‘llanishini istisno qilishga harakat qilmoqda. Poraxo‘rlikda shubha ostiga tushgan amaldorlar jinoiy ish qo‘zg‘atilishidan va buning oqibatida o‘z oilalarining nochor ahvolga tushishiga olib keladigan noqonuniy yo‘l bilan olingan mul-mulklari musodara qilinishidan qochish maqsadida ko‘pincha o‘z jonlariga qasd qilish holatlari uchraydi. Bunga yirik davlat korporatsiyalaridan biri U Fushenning o‘z joniga qasd qilishi yaqqol misol bo‘la oladi. U o‘zining ishchi xonasiga tergovchilarning birinchi tashrifidan keyinoq o‘zini osib qo‘ygan.

Ba'zida esa poraxo‘rlikda gumon qilinayotganlar tergovchilarning haddan tashqari say'-harakatlari qurboniga aylanadilar: 2013 yilda davlat kompaniyasining tergov ostida bo‘lgan amaldoridan ko‘rsatmalar olishga harakat qilib uni bexosdan cho‘ktirib yuborgan Venchjou shahri prokuraturasining xodimlari qamoq jazosiga tortilgan edi. Umumiy hisobda 2012 yildan shu kungacha tergov davomida 50 dan ko‘proq yuqori lavozimdagi partiya va hukumat mansabdor shaxslari o‘z joniga qasd qilganlar yoki tergov paytida halok bo‘lganlar.

Top