Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 23:45 / 08.08.2015
2965
1 daqiqa o‘qiladi
Yamanda BAAlik 3 nafar harbiy halok bo‘ldi
Yamanda Birlashgan Arab Amirliklarining 3 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi. Bu haqda 8 avgust kuni BAA Axborot agentligi ma'lum qildi.
“Ular Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasining Yamanning qonuniy hukumatini qo‘llab-quvvatlashdagi operatsiyasida o‘z burchlarini ado etish uchun o‘z hayotlarini berdilar”, deyilmoqda xabarda.
Agentlik askarlarning o‘limi tafsilotlarini keltirmadi.