16:44 / 09.08.2015
9697

“Missis Rossiya” unvonini 6 nafar farzandning onasi oldi

“Missis Rossiya 2015” tanlovida Sankt-Peterburg shahrida istiqomat qiluvchi 6 farzandning onasi Yekaterina Kirmel g‘alaba qozondi. Bu haqda ko‘rik-tanlovning Facebook’dagi rasmiy sahifasi orqali ma'lum qilindi.
Tanlovda ishtirok etishning asosiy sharti turmushga chiqqanlik va kamida bitta farzandning onasi bo‘lish edi. Finalda 22-43 yoshdagi 15 nafar ayol o‘zaro bellashdi.
Yekaterina Kirmel 37 yoshda, u ikkita oliy ma'lumotga ega, raqs tushishni biladi, bodibilding va yengil atletika bilan shug‘ullanadi. Uning katta o‘g‘li 17 yoshda, kichigi 12 yoshda; shuningdek, 10, 9, 6 va 4 yashar qizlari bor.
Tanlov 1998 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. 2013 yili ushbu unvonni futbolchi Yuriy Jirkovning rafiqasi Inna Jirkova qo‘lga kiritgan edi. Ammo jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida u oddiy savollarga javob bera olmagani ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘lgandi, shu bois Jirkova g‘oliblikdan voz kechgan edi.

Top