Jahon | 22:26 / 09.08.2015
6950
1 daqiqa o‘qiladi

9 avgust Moskvada yilning eng issiq kuni deb qayd qilindi

9 avgust Moskvada 2015 yilning boshidan beri eng issiq kun deb qayd qilindi, deb xabar bermoqda Moskva meteorologiya xizmatiga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi.

Havo harorati 30 gradus issiqqa ko‘tarildi. 2010 yilda rekord darajadagi +36,5 gradus issiq harorat qayd qilingan edi.

Shu munosabat bilan Moskvada tayyorgarlikning “zarg‘aldoq” darajasi e'lon qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish