Sport | 09:24 / 09.08.2015
1780
1 daqiqa o‘qiladi

Benzema «Arsenal»ga o‘tsa, jamoaning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisiga aylanadi

«Arsenal» futbol klubi hali ham «Real» hujumchisi Karim Benzemani qo‘lga kiritish niyatidan qaytmagan.

Daily Mail nashri ma'lumotlariga ko‘ra, "kanonirlar" rahbariyati 27 yoshli ushbu futbolchini sotib olish uchun kerakli mablag‘ni to‘lashga roziligini bildirgan.

Xabarda aytilishicha, «Arsenal» Benzema uchun 45 million funt-sterling to‘lashga va uni jamoaning eng ko‘p maosh oladigan o‘yinchisiga aylantirishga tayyor.

Hozircha Mesut O‘zil «Arsenal»ning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisi hisoblanadi. "Arsenal" 2 yil avval uni «Real»dan 42,5 million funt evaziga transfer qilgan va unga haftasiga 150 ming funt to‘lanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish