Sport | 18:59 / 09.08.2015
2148
2 daqiqa o‘qiladi

Kanadalik taniqli xokkey murabbiyi Rossiya fuqaroligi olishi mumkinligini istisno qilmayapti

Kanadalik mashhur xokkey murabbiyi Mayk Kinen Rossiya fuqaroligini olishi mumkinligini istisno qilmayapti. Ayni paytda Kinen Magnitogorskning “Metallurg” xokkey jamoasiga murabbiylik qilmoqda.

“Yaqinda “Metallurg” vitse-prezidenti Gennadiy Velichkin bilan menning Rossiya fuqaroligi olishim bo‘yicha suhbat bo‘lib o‘tdi. Bu hazil emas, jiddiy suhbat bo‘ldi. Men Rossiyada yashayotganim va ishlayotganimdan xursandman va bu haqda kelgusida o‘ylab ko‘rish mumkin. Hech kim bu albatta bo‘ladi, men bunday qarorni qabul qilib bo‘ldim deyayotgani yo‘q, biroq bunday imkoniyatni o‘rganib chiqish qiziq bo‘lardi”, deb aytmoqda 65 yoshli mutaxassis.   

Kinen “Metallurg”da 2013 yildan beri ishlab kelmoqda. U 2014 yil Gagarin kubogini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, murabbiy hisobida 1994 yilgi Stenli kubogida “Nyu-York Reyndjers” jamoasi bilan g‘alaba ham bor. Kinen, shuningdek, «Filadelfii», «Chikago», «Sent-Luis», «Vankuver», «Boston», «Florida» va «Kalgari» jamoalari bilan ham ishlagan. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish