Jahon | 11:15 / 09.08.2015
2864
1 daqiqa o‘qiladi

Malayziya Boeing qidiruvlarida yordam so‘rab Mavrikiy, Madagaskar va Maldivga murojaat qildi

Malayziya o‘tgan yili Hind okeani ustidan uchib o‘tayotganida g‘oyib bo‘lgan Boeing samolyoti qidiruvlarida yordam ko‘rsatishni so‘rab Mavrikiy, Madagaskar va Maldiv orollari hukumatlariga murojaat qildi. Bu haqda mamlakat transport vaziri Liou Tiong Lay ma'lum qildi.

Ilgariroq vazir yaqin kunlarda Avstraliya va Xitoy vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, qidiruv operatsiyasini kelajakda qanday davom ettirish borasida kelishib olinishi haqida ma'lumot bergan edi. Shu bilan birga, u muzokaralar ekspertlar bilan birgalikda o‘tkazilishini aytib o‘tdi.

Layning ma'lum qilishicha, qidiruv Hind okeanining Avstraliyadan g‘arbdagi 80 ming kv m li hududida olib borilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish