Sport | 10:29 / 09.08.2015
2279
1 daqiqa o‘qiladi

«Marsel»da Belsaning o‘rnida Frank Passi vaqtinchalikka bosh murabbiy bo‘ladi

Frank Passi «Marsel» bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda «Marsel» prezidenti Vensan Labryun ma'lum qildi.

Passi bungacha «Marsel» bosh murabbiyi Marselo Belsaning yordamchisi sifatida ishlab kelayotgan edi. Fransiya chempionati 1-turida «Kan»dan qabul qilingan mag‘lubiyat sabab, Belsa iste'fo bergach, u bo‘shagan o‘rinni egalladi.

«Men, ishqibozlar kabi, Belsaning bu qaroridan hayratda qoldim. Yaqindagina mehnat shartnomalarini uzaytirish haqida kelishib olgandik. Men Frank Passini bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlash haqida qaror qabul qildim», — dedi Labryun.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish