Jahon | 18:28 / 09.08.2015
3652
1 daqiqa o‘qiladi

Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy qamoqda ochlik e'lon qildi

Misrning sobiq prezidenti, “Musulmon birodarlar” tashkilotining rahbarlaridan biri, ayni paytda Qohira qamoqxonasida bo‘lgan Muhammad Mursiy ochlik e'lon qildi. Bu haqda Mursiy va tashkilotning bir necha nafar yetakchilarini himoya qilayotgan advokat Abd al-Maqsud ma'lum qildi.

Al-Maqsudning aytishicha, Mursiy 8 avgustda qamoqda beriladigan ovqatni yeyishdan bosh tortgan. Mursiyning fikricha, unga berilayotgan ovqat u uchun xavfsiz emas. Mursiyning ta'kidlashicha, agar u uning kamerasiga olib kelinayotgan ovqatni yeydigan bo‘lsa, unda katta jinoyat sodir bo‘ladi. 

Mursiyning advokati qand kasalidan aziyat chekuvchi sobiq prezident sudga unda maxsus tibbiy tekshiruv o‘tkazish yoki tibbiy statsionarga o‘tkazish iltimosi bilan bir necha bor murojaat qilgan. Faqatgina 8 avgustda sud Mursiyda tibbiy tekshiruv o‘tkazish zarurligiga rozilik berdi.  

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish