Jahon | 09:17 / 09.08.2015
8014
1 daqiqa o‘qiladi

Nagasaki hokimi yadro quroliga ega davlatlar rahbarlarini atom bombasi oqibatlarini ko‘rishga taklif qildi

Nagasaki hokimi Tomixisa Taue AQSh prezidenti Barak Obamani hamda yadroviy qurolga ega boshqa davlatlarning rahbarlarini Nagasaki va Xirosimaga tashrif buyurib, atom bombasi oqibatlari bugungi kungacha bartaraf etilmaganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishga taklif qildi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.

“Nagasakidan turib AQSh prezidenti Barak Obamani, boshqa, xususan, yadroviy qurolga ega davlatlar rahbarlarini, barcha odamlarni Nagasaki va Xirosimaga tashrif buyurib, 70 yil oldin nima bo‘lganini yana bir bor ko‘rishga taklif qilaman”, – dedi u.
Shuningdek, Taue tinchlik prinsiplariga qat'iy rioya qilishga chaqirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish