Jahon | 00:19 / 09.08.2015
2357
1 daqiqa o‘qiladi

Norvegiyada AirBaltic reysining mast holatdagi ekipaji ushlanib qolindi

Norvegiya politsiyasi AirBaltic kompaniyasiga tegishli samolyot uchuvchisi va ekipajining 3 nafar a'zosini hushyorlikka sinovdan o‘tolmaganlari uchun ushlab qoldi, deb xabar bermoqda Deutsche Welle nashri.

Politsiyaga bu holat yuzasidan anonim qo‘ng‘iroq tushgan. Ekipaj a'zolaridan alkotesterda olingan sinov natijalari ekipajning 5 a'zosidan 4 nafari qonida alkogol miqdori mumkin bo‘lgan 0,2 promille ko‘rsatkichidan oshib ketganini ko‘rsatgan.

Samolyot sardori, ikkinchi uchuvchi va ikki nafar styuardessa qon tahlili o‘tkazish uchun tibbiyot muassasasiga yetkazildi. Agar ularning aybi isbotlansa, ular 2 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishlari mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish