Jahon | 16:48 / 09.08.2015
7594
1 daqiqa o‘qiladi

Saakashvili Rossiyadan “Ipak yo‘li”ni tortib olishga va'da berdi

Odessa viloyati hokimi Mixeil Saakashvili Xitoydan Rossiya orqali yangi “Ipak yo‘li”dan Yevropaga o‘tadigan yuklar oqimini Ukrainaga yo‘naltirib yuborishga va'da berdi. Bu haqda Gruziyaning sobiq prezidenti “5 kanal” efirida bayonot berdi.
Saakashvilining fikricha, “Ipak yo‘li” Ukrainaning Ilichevsk porti orqali o‘tishi kerak.
“Rossiya orqali logistika 30 kun vaqt oladi, Ilichevsk orqali esa bunga 9 kun sarflanadi. Hamma narsa qurib bo‘lingan. Katta yuk oqimlarini qabul qilishga tayyor”, – ta'kidladi u.
Loyihani amalga oshirish uchun Dnestrovskiy limandan o‘tadigan ko‘prik qurish talab qilinadi. Ushbu ko‘prik tufayli, Saakashvilining fikricha, “hech kim hech qachon Bessarabiyani Ukrainadan ajrata olmaydi”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish