Jahon | 16:22 / 09.08.2015
2600
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina ayirmachilarni tinchlik sulhini 111 marta buzganlikda aybladi

Ukraina harbiylari ayirmachi kuchlar ularning pozitsiyalariga qarata o‘t ochishni to‘xtatmayotganliklarini ma'lum qildi.
Aytilishicha, o‘t ochishni to‘xtatish rejimi ayirmachilar tomonidan 111 marta buzilgan.
Matbuot markazi tarqatgan xabarnomaga ko‘ra, shanba kuni soat 18:45da va 19:35da ayirmachilar Kalinovo qishlog‘i tomonidan turib BM-21 “Grad” reaktiv o‘t ochish tizimlaridan Ukraina harbiylarining Sanjarovkadagi pozitsiyalarini o‘qqa tutgan.
Shuningdek, Peski, Pervomaysk, Krasnogorovka qishloqlari o‘qqa tutilgan. Buning oqibatida uch nafar tinch aholi vakili jabrlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish