08:39 / 09.08.2015
2513

Vengriya bosh vaziri Qozondagi suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionati tashkillashtirilishiga yuqori baho berdi

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban 7 avgustda Tatariston prezidenti Rustam Minnixonov bilan uchrashuvi davomida Qozondagi suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionati tashkillashtirilishiga yuqori baho berdi.

“Men televizor orqali musobaqalar borishini kuzatib bordim, barchasi juda chiroyli bo‘ldi. Bu juda katta jiddiy tadbir bo‘lib, juda yaxshi tashkillashtirilgan. Shu munosabat bilan sizni tabriklashga ijozat bergaysiz”, deb aytdi Orban.

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Qozonga ishchi tashrif bilan keldi. Orban tashrifi davomida Qozonda bo‘lib o‘tayotgan suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionati yopilishi marosimida ishtirok etadi. Keyingi jahon chempionati Vengriya poytaxti – Budapeshtda bo‘lib o‘tadi. 

 

Top