13:27 / 10.08.2015
3250

“Jamiyat”: internet taqdirlarni ermakka aylantirmoqda

Internet tarmog‘i hamda uning keng imkoniyatlaridan ayrimlar noto‘g‘ri yo‘llarda foydalanib, o‘z taqdirlariga salbiy ta'sir o‘tkazmoqda. Bu haqda “Jamiyat” gazetasi muxbiri Bahriniso Madumarova o‘z maqolasida aytib o‘tdi.
“Avvaliga shunchaki qiziqishdan boshlangan bu ermak vaqt o‘tib doimiy odatga aylanadi, – deb yozadi u. – Oqibati esa ayanchli yakun topadi. Jamiyat oldida mosuvo bo‘lish hissi esa odamni fojiaga yetaklaydi”.
Maqolada aytilishicha, ayni vaqtda 42 foiz bolalar va o‘smirlar onlayn pornografik manbalar ta'siriga tushib qolmoqdalar.
“Ijtimoiy tarmoqlar asosan o‘z hayotidan norozi bo‘lgan odamlarni ko‘proq jalb qilyapti. Ko‘p oilalarda er yoki xotinning ijtimoiy tarmoqlardan voz kecha olmayotgani bois turmushi buzilib ketmoqda”, – qo‘shimcha qiladi jurnalist.

Top