00:00 / 10.08.2015
2050

Antonio Kassano “Sampdoriya”ga qaytib keldi

Italiyalik futbolchi Antonio Kassano 2007-2011 yillarda to‘p surgan “Sampdoriya” jamoasiga qaytib keldi. Genuya klubining rasmiy sayti futbolchi bilan shartnoma imzolanganini ma'lum qildi. Shartnoma 2017 yil 30 iyunigacha mo‘ljallangan.  

Italiya OAVlarining xabar berishicha, 33 yoshli futbolchining “Sampdoriya”dagi maoshi yiliga 700 ming yevro va bonuslardan tashkil topadi.

Kassano joriy yilning yanvarida “Parma” bilan shartnomasini bekor qilgandan keyin erkin agent bo‘lib qolgan edi.

Top